«Suvsoz» korxonasining xabar berişiça, Toşkentda 14 fevraldan sovuq suv tariflari oşadi. Yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 29 yanvar kuni tasdiqlandi.
Aholi uçun bir kub metr sovuq suv narxi 190 sömdan 195 sömga, kanalizatsiya xizmatlari 155 sömdan 162 sömga qimmatlaşadi.
Hisoblagiç böyiça tölov amalga oşirişda markazlaşgan issiq suv ta'minotiga ega köp qavatli uylarda 1 metr kub narxi 625 söm (hozirda — 500 söm), markazlaşgan issiq suv ta'minotisiz — 460 söm (hozirda — 395 söm).
Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya mavjud bölganda bir kub metr suv narxi 345 sömdan 460 sömga, kanalizatsiyasiz — 190 sömdan 295 sömga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, bunga qadar sovuq suv tarifi ötgan yilning 21 iyulida oşirilgandi.

















