Yevropa Ukraina va Rossiyani muzokaralarga taklif qildi
Yevropa komissiyasi Rossiya va Ukraina vakillarini gaz masalasi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish uchun Bryusseldagi uch tomonlama muzokaralarga taklif qildi. Bu haqda tvitterdagi o‘z sahifasida Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Marosh Shefchovich yozgan.
Shefchovichning bildirishicha, u Ukraina va Rossiyani gaz bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Bryusselga taklif qilgan. Uning qayd etishicha, bu «siyosiy darajada» bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Yevropa komissiyasi vitse-prezidentining qo‘shimcha qilishicha, muzokaralarni kelgusi yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Shefchovichning qayd etishicha, uchrashuvda tijorat kompaniyalari ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin gaz narxi haqida tortishib qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
00:36 / 22.12.2024