Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko va Putin gaz narxi haqida tortishib qoldi
Rossiya va Belarus prezidenti Vladimir Putin hamda Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yig‘ilishi vaqtida gaz narxining shakllanishi masalalarini muhokama qildi. Tadbir «Rossiya 24» telekanali tomonidan translyatsiya qilinmoqda.
Lukashenkoning aytishicha, belaruslik iste'molchilar uchun har ming kubometr gaz narxi 130 dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, Rossiya qo‘shni hududlarida esa (masalan, Smolensk oblastida) faqatgina 70 dollar turadi.
Bunga javoban Putinning bildirishicha, agar Rossiya Belarusga gazni bozor narxida sotganida, unda uning narxi 130 dollar emas, balki 200 dollar bo‘lardi. Shundan so‘ng, u bu masalani yopiq rejimda muhokama qilish taklifi bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining umumiy orbital guruhini yaratish taklifi bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026