Xitoy AQShga raketalar bitimi bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim to‘xtatilishi bo‘yicha izoh berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQShning bitimdan chiqib ketishi jahondagi xavfsizlikka salbiy ta'sir qiladi.
«Xitoy Amerika tomoni bu bitimdan chetlashishiga qat'iy qarshi chiqadi», - deya aytib o‘tdi Lu Kan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar kelishmovchiliklarni imkon qadar tezroq hal etishi va bitimni tiklashi lozimdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tomonidan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bajarilishini to‘xtatishga doir farmonni imzolagandi.
Rossiya tomoni, hujjat matniga ko‘ra, «Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan mazkur bitim bo‘yicha buzilgan majburiyatlar tiklanmaguncha yoki uning amal qilishi bekor qilinmaguncha» O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimni bajarishni to‘xtatadi.
Mavzuga oid
22:32 / 18.12.2024
AQSh Gazprombank bilan operatsiyalarga vaqtincha ruxsat berdi
17:34 / 18.12.2024
Tramp dastlab million migrantni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
08:54 / 18.12.2024
NATO AQShni Ukrainaga harbiy yordam koordinatori rolida almashtirdi
20:15 / 17.12.2024