Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin tegishli farmonni imzoladi: Rossiya raketalar bo‘yicha bitimdan chiqdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tomonidan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bajarilishini to‘xtatishga doir farmonni imzoladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya tomoni, hujjat matniga ko‘ra, «Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan mazkur bitim bo‘yicha buzilgan majburiyatlar tiklanmaguncha yoki uning amal qilishi bekor qilinmaguncha» O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimni bajarishni to‘xtatadi.
Xuddi shu farmon bilan davlat rahbari Tashqi ishlar vazirligiga bitim ishtirokchilarini, ya'ni AQShni, bitimning bajarilishi to‘xtatilishi to‘g‘risida xabardor etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimda ishtirok etishni to‘xtatishi haqida ma'lum qilgandi.
AQSh va NATO Rossiyani O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimni buzganlikda ayblamoqda - 9M729 raketa tizimi uning shartlariga zid ekani aytiladi. Rossiyaning iddao etishicha, ushbu raketa masofasi 500 kilometrdan oshmaydi, bitim shartlari esa buzilmagan. 4 dekabr kuni AQSh agar Rossiya 60 kun ichida uni bajarishga qaytmasa, bitimdan chiqishi haqida ma'lum qilgan.
Bundan oldin, Putin AQSh raketalarining Yevropada joylashtirilishiga javob qanday bo‘lishini aytgandi.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026