Jamiyat | 21:37 / 30.03.2021
4602
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatida yana bir masjid foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida yangi jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Nurobod tumanining Jom mahallasida bunyod etilgan «Jom ota» jome masjidining ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlar idorasining Samarqand viloyati vakilligi rahbari, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov hamda tuman hokimi Faxriddin Zoirov ishtirok etgan.

Ma'lum qilinishicha, mazkur jome masjidining umumiy yer maydoni 0,25 gektarni tashkil etib, masjid mingga yaqin namozxonni sig‘dira oladi. Masjidning o‘rtasida 32 metr balandlikda gumbaz qilingan.

Masjid hududida zamonaviy tahoratxona, imom-xatib va boshqa xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega ma'muriy bino ham mavjud.

 

Mavzuga oid