O‘zbekistonga benzin importi 4 barobarga oshdi
Benzin importida Rossiya va Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Hududlar kesimida Toshkent shahri benzin importida yetakchi.
Statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga qiymati 96,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 274,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan.
Qo‘mita matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, benzin importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga ortgan.
O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:
- Rossiya – 136,5 mln litr
- Turkmaniston – 116,3 mln litr
- Qozog‘iston – 15,6 mln litr
Hududlar kesimida eng ko‘p benzin import qilgan Toshkent shahri hisoblanadi, poytaxt hissasiga 67,7 foiz import benzini to‘g‘ri keladi.
Xorijdan avtomobil benzini import qilgan hududlar (AQSh dollarida):
- Toshkent shahri – 65,4 mln.
- Farg‘ona viloyati – 11,6 mln.
- Buxoro viloyati – 8,4 mln.
- Namangan viloyati – 4,2 mln.
- Samarqand viloyati – 3,6 mln.
- Sirdaryo viloyati – 2,2 mln.
- Toshkent viloyati – 752,9 ming
- Xorazm viloyati – 293,6 ming
- Qoraqalpog‘iston R. – 194,2 ming
- Qashqadaryo viloyati – 69,0 ming
Avvalroq eng ko‘p benzin Buxoroda ishlab chiqarilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:48 / 25.12.2024
11 oyda 215 mln dollarlik elektromobil import qilindi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:35 / 16.12.2024
Birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi to‘rt barobar oshirildi
11:10 / 15.12.2024