O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirlari Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi
30 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maas bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov ma'lum qildi.
Uchrashuvda Afg‘onistondagi bugungi vaziyatga e'tibor qaratildi. Hayko Maas O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistondan Germaniya va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining evakuatsiyasini tashkillashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ma'lum qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobuldan evakuatsiya qilinayotgan chet el fuqarolarini qabul qilish va evakuatsiya reyslariga xizmat ko‘rsatish uchun Toshkent-3 aeroporti yopilgan edi. 27 avgust kuni Germaniya Kobuldagi afg‘on fuqarolarini Toshkent orqali evakuatsiya qilishni to‘xtatdi. Toshkent-3 aeroporti 31 avgustdan o‘z faoliyatini tiklashi ma'lum qilindi.
Avvalroq Germaniya federal kansleri Angela Merkel ham o‘z fuqarolari, nemis tuzilmalarida ishlagan mahalliy xodimlar, shuningdek, yordamga muhtoj afg‘onlarni evakuatsiya qilishda ko‘maklashgan O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgandi.
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024