«Toşkent-3» aeroporti noma'lum muddatga yopilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar berdi.

«2021 yil 19 avgustdan boşlab mahalliy aviaqatnovlar amalga oşiriluvçi «Toşkent-3» aeroporti texnik sabablarga köra noma'lum muddatga yopiladi.

Barça respublika böylab amalga oşiriluvçi aviaparvozlar Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportidan jadvalga muvofiq bajariladi», deyilgan xabarda.

Uzbekistan Airways keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söragan. 

Transport vazirligining xabar berişiça, aeroportning mahalliy terminalini Kobuldan Toşkent orqali tranzit qiluvçi Germaniya, Yevropa ittifoqining boşqa mamlakatlari va Afğoniston fuqarolarining töxtovsiz evakuatsiyasini ta'minlaş uçun ajratilgan.

«Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer örtasida telefon orqali ötkazilgan muloqot çoğida Germaniya, Afğoniston va YeI davlatlari fuqarolarini Toşkent aeroporti orqali tranzit evakuatsiya qiliş işlarini davom ettiriş töğrisida kelişuvga erişildi.

Belgilangan fuqarolarni evakuatsiya qiliş tadbirlarining uzluksizligini ta'minlaş maqsadida Özbekiston tomonidan alohida terminal ajratildi. Şu munosabat bilan mahalliy va xalqaro reyslarning uçib ketiş va uçib keliş joyi hamda parvozlar jadvaliga vaqtinçalik özgartirişlar kiritilişi mumkin», deyiladi xabarda.

Bu borada yana qöşimça ma'lumot berilişi aytilgan.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi ham holat yuzasidan izoh berdi.

«Erişilgan kelişuvlarga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Germaniya Federativ Respublikasiga Afğonistondan Germaniya fuqarolarini, şuningdek Germaniyaning Afğonistondagi diplomatik missiyasiga xizmat körsatuvçi texnik xodimlar – Afğoniston fuqarolarini evakuatsiya qiliş jarayonida texnik kömak körsatadi.

Evakuatsiya qilinganlarning barçasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida bölişadi», deyiladi xabarda.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer bilan telefon orqali muloqot qilgan, unda Afğonistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qiliş masalalari böyiça hamkorlik ham davom ettirilişi qayd etilgandi.