Apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Natijalaridan norozi abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish 7 sentabrdan boshlanadi.
DTMning xabar berishicha, Bugun, 28 avgustdan OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Shikoyatlar 6 sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda yuboriladi.
Qayd etilishicha, abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellyatsiya arizasi berilgach, abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelish talab qilinadi.
Apellyatsiya arizalarni ko‘rib chiqish 2022 yil 7 sentabrdan boshlanadi.
Apellyatsiya berish tartibi bilan batafsil shu yerda tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
12:33 / 17.08.2024
Natijasidan norozi abituriyentlar uchun apellyatsiya sanalari ma’lum qilindi
11:56 / 26.12.2023
Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya berish muddati qisqartirildi
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023