27 avgust kuni Özbekistonda yangi öquv yili uçun kiriş imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Mandat natijalaridan norozi bölgan abituriyentlar apellyatsiya berişi mumkin. Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabov apellyatsiya beriş tartibi haqida ma’lumot berdi.

Apellyatsiya beriş tartibi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlarida iştirok etgan va natijasidan norozi bölgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boşlab 10 kun davomida apellyatsiya şikoyati berişi mumkin.

Abituriyent my.dtm.uz saytidagi öz kabineti orqali ariza beradi va unga qaysi vaqtda DTMga (Toşkentga) yetib keliş vaqti körsatilgan xabarnoma jönatiladi.

Abituriyent xabarnomada körsatilgan vaqtda şaxsini tasdiqlovçi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan DTMga kelişi kerak.

Apellyatsiya bergandan söng qayta test sinovlari ötkaziladimi?

Belgilangan tartibga köra, apellyatsiyada abituriyentga özi yeçgan test topşiriqlari kitobi, javoblar varaqasi beriladi.

«Agarda savolga javobni töğri belgilagan edim, lekin menga ball qöşilmagan deb hisoblasangiz, şu fan eksperti oldiga ötirasiz hamda öz e’tirozingizni körsatib ötasiz.

Agarda, e’tirozingiz örinli bölsa, sizga şu savol uçun ball qöşiladi. Ekspert esa öz örnida uşbu savol böyiça e’tirozingizga töliq javob beradi. Yana bir marta qaytarib ötaman, apellyatsiya qayta test sinovlarini topşiradi degani emas», – degan Sardor Rajabov.