YeIda o‘zbek mahsulotlarining eng yirik importchisi bo‘lgan davlat ma’lum qilindi
Polsha so‘nggi ikki yil davomida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida o‘zbek mahsulotlarining eng yirik importchisi bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau bilan uchrashdi.
«Polsha TIV rahbari Zbignev Rau janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zaro savdo va investitsiya sohalarida, ayniqsa, to‘qimachilik sanoatida ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Bildirilishicha, Polsha so‘nggi ikki yil davomida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida o‘zbek mahsulotlarining eng yirik importchisi bo‘lib kelmoqda. 2022 yilda Yevropa Ittifoqi a’zolari tomonidan O‘zbekistondan xarid qilingan to‘qimachilik mahsulotlarining qariyb 45 foizi Polsha hissasiga to‘g‘ri keladi.
Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi, BMT, YeXHT va JST doirasida muloqotni yanada faollashtirishga kelishib olindi. Kun tartibidan mehnat migratsiyasi va ta’lim sohasidagi hamkorlik, mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish ham o‘rin oldi.
Mavzuga oid
12:41 / 21.12.2024
Polsha sobiq amaldoriga Vengriyada boshpana berilganidan norozi
22:34 / 18.12.2024
Polshada rossiyalik hokkeychi josuslikda ayblanib, 3 yil muddatga qamaldi
11:10 / 15.12.2024
O‘zbekistonga o‘tgan 10 oyda import qilingan elektromobillar soni ma’lum qilindi
12:55 / 13.12.2024