Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
Buning o‘rniga tadqiqotchilar bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar uchun zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ta’lim dasturlarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvni tavsiya qilmoqda.

Foto: Matt Cardy / Getty Images
Xalqaro tadqiqot natijalariga ko‘ra, maktablarda smartfonlardan foydalanishni shunchaki taqiqlash kutilgan ijobiy natija bermaydi. 11 davlat vakillaridan iborat olimlar bunday cheklov choralari o‘smirlarning sog‘lig‘ini, uyqu sifatini, o‘quv faoliyatini va dars paytidagi xatti-harakatlarini yaxshilamaydi, degan xulosaga keldi.
Buning o‘rniga tadqiqotchilar bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar uchun zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ta’lim dasturlarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvni tavsiya qilmoqda.
Tadqiqot Angliyada smartfonlardan foydalanishni cheklash bo‘yicha maktab siyosati samaradorligi baholanganidan so‘ng boshlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, cheklovchi choralar nafaqat mavjud muammolarni bartaraf eta olmaydi, balki ba’zi hollarda bolalarda vaqtni boshqarish va diqqatni jamlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Olimlarning ta’kidlashicha, zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan va ularni shunchaki chiqarib tashlash konstruktiv yechim emas.
Mutaxassislar maktablarda «raqamli gigiyena» darslarini joriy etishni taklif qilmoqda, bunda bolalarga yotishdan oldin gadjetlardan foydalanishdan voz kechish yoki internetdagi ma’lumotlarni tanqidiy baholash kabi amaliy ko‘nikmalar o‘rgatiladi. Olimlar ota-onalarni ham qo‘llab-quvvatlash zarurligiga alohida e’tibor berishadi, ularning ko‘pchiligi o‘z farzandlari bilan gadjetlar haqida suhbatlashishni bilmaydi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Titanik» yo‘lovchisi yozgan maktub 300 ming funtga sotildi
Jahon | 16:07
-
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi
Jamiyat | 15:49
-
AQSh ichki xavfsizlik vazirining sumkasini o‘g‘irlashga aloqador shaxs hibsga olindi
Jahon | 15:46
-
Erondagi portda dahshatli portlash ro‘y berdi
Jahon | 15:24
Mavzuga oid

10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

20:48 / 16.04.2025
Rossiyada dirijabllar davri qaytgani e’lon qilindi

15:25 / 24.03.2025