Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Bu qizil Tesla Model C bo‘lib, qiymati 80-100 ming dollarga baholangan.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq sotib olgan Tesla avtomobilini sotish yoki kimgadir sovg‘a qilish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Oq uydagi manbaga tayanib, The New York Post xabar berdi.
Manbaning aniqlik kiritishicha, bu qizil Tesla Model C bo‘lib, qiymati 80-100 ming dollarga baholangan. Tramp uni mart oyi boshida ko‘plab tanqidlarga uchrayotgan Ilon Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan edi. Avtomobil mart oyidan beri Oq uy oldida saqlanmoqda.
May oyi oxirida Ilon Mask hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimini tark etgach, Donald Trampni va uning soliq imtiyozlari haqidagi qonunini keskin tanqid qildi. Bundan tashqari, Mask Trampning tadbirkor va kosmonavt, biznesmen bir nechta loyihalarda aloqador bo‘lgan yaqin tanishi Jared Ayzekmanni NASA direktori etib tayinlamaslik qaroridan norozi bo‘lgan. Bu Tramp va Mask o‘rtasida mojaroga sabab bo‘ldi, ular bir-biri bilan qattiq tortishdi. Mask hatto Trampning ehtimoliy impichmentini qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
16:34
Grenlandiya va Daniya aholisi Trampga qarshi namoyishga chiqdi
14:40
Tramp G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga doimiy a’zolik uchun 1 mlrd dollar talab qilmoqda
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026