Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik 12 askar Iroqdagi g‘orda metandan zaharlanib halok bo‘ldi
Askarlar 2022 yil may oyida ushbu hududda halok bo‘lgan jangchining qoldiqlarini izlagan.
Foto: Reuters
Turkiya Mudofaa vazirligi 7 iyul kuni Iroq shimolidagi g‘orda o‘tkazilgan qidiruv operatsiyasi chog‘ida 12 nafar turk askari metan gazidan zaharlanib, halok bo‘lgani haqida xabar berdi, deb yozdi CBS.
Qo‘shinlar kurd jangarilari tomonidan o‘ldirilgan askar hamrohining qoldiqlarini qidirgan. 6 iyul kuni besh askar, 7 iyul kuni yana yetti nafar askar halok bo‘lgan.
Hodisa 19 nafar askar tog‘li hududdagi g‘orni tekshirayotganda sodir bo‘lgan. Ular rangsiz, hidsiz va yonuvchan gazga duchor bo‘lib, bo‘g‘ilish oqibatida halok bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Mudofaa vazirligi fojia yuzasidan hamdardlik bildirib, jarohatlangan askarlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.
Qayd qilinishicha, askarlar 2022 yil may oyida ushbu hududda halok bo‘lgan jangchining qoldiqlarini izlagan.
Hodisa sodir bo‘lgan g‘or dengiz sathidan 852 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, avval Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tomonidan dala shifoxonasi sifatida foydalanilgan. Vazirlik g‘ordagi metanning qayerdan kelib chiqqaniga izoh bermadi.
Mavzuga oid
18:10 / 14.01.2026
"Tovarlaringizga bozorimizda ehtiyoj katta"– Iroq tadbirkorlari O‘zbekiston mahsulotlari bilan tanishmoqda
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
09:32 / 12.01.2026
Raqobat qo‘mitasi gaz narxlarini asossiz oshirish alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi
02:08 / 12.01.2026