Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi
"Sautend" aeroportida kichik samolyot falokatga uchragach, barcha reyslar bekor qilingan. Voqea joyida politsiya, qutqaruv xizmatlari va aviafalokat bo‘yicha tergovchilar ishlamoqda.
Foto: Markus Mainka/CHROMORANGE/picture alliance
Londondagi "Sautend" aeroporti «jiddiy hodisa tufayli keyingi ogohlantirishgacha» yopildi, deyiladi aeroport o‘zining X mikroblogida 14 iyul, dushanbaga o‘tar kechasi e’lon qilgan bayonotda.
«Aeroportga va qaytayotgan barcha reyslar bekor qilindi, politsiya, qutqaruv xizmatlari va aviafalokat bo‘yicha tergovchilar voqea joyida ishlamoqda», — deyiladi postda.
Britaniya ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, kichik yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilgandan keyin aeroportda halokatga uchragan. «O‘sha kuni ertalab Xorvatiyadan kelgan Beechcraft King Air B200 yo‘lovchi samolyoti aeroportdan Lelistad (Niderlandiya)ga yo‘l olgan edi», deb yozadi The Independent gazetasi o‘z saytida.
Nashr Esseks politsiyasining fojia bilan bog‘liq bayonotidan iqtibos keltirdi: «Soat 16:00 dan sal oldin bizga 12 metrli bitta samolyot ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi... Jamoatchilikdan bu ishlar olib borilayotgan vaqtda imkon bo‘lsa, hududga yaqinlashmaslikni so‘raymiz».
Mavzuga oid
16:14 / 12.01.2026
Oslo aeroporti dron sabab uchish-qo‘nish yo‘lagini vaqtincha yopdi
15:48 / 12.01.2026
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
09:31 / 08.01.2026
Noqulay ob-havo sabab qator aviareyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
10:03 / 07.01.2026