Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda odam savdosi qurboniga aylangan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Pokistonda odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaro X.Ye. O‘zbekistonga qaytarildi.
Foto: "Dunyo" AA
Mamlakatning Islomoboddagi diplomatik vakolatxonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro X.E. Pokistonga aldov yo‘li bilan kelib qolganini, odam savdosi qurboniga aylanganini ma’lum qilgan va O‘zbekistonga qaytishida ko‘mak so‘rab murojaat qilgan.
U 2018 yilda Pokistonning Lahor shahriga ayollar salonida ishlash sharti bilan kelgan. Biroq, Lahorda noma’lum shaxslar tomonidan fohishalik uyiga sotib yuborilgan.
O‘zbekiston elchixonasi murojaatda keltirilgan vajlarni o‘rganib, X.Ye.ga tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi. Zarur hujjatlar, jumladan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi.
Pokiston mutasaddi vazirlik va idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mamlakatda bo‘lib turish qoidalarini buzish bilan bog‘liq javobgarlikka tortish holati bartaraf etildi. X.Ye. jarima va to‘lovlarsiz deportatsiya qilinishi ta’minlandi.
O‘zbekiston elchixona va Migratsiya agentligi yordamida fuqaroga O‘zbekistonga qaytish uchun aviachipta xarid qilindi va u 27 sentabr kuni Uzbekistan Airways AJning "Islomobod-Toshkent" reysi orqali vatanga qaytarildi.
Mavzuga oid
01:00 / 21.12.2025
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi yana 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:21 / 19.12.2025
Toshkent aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi ushlandi
17:21 / 13.12.2025
Myanmada odam savdosi qurboniga aylangan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘z vataniga qaytarildi
10:55 / 13.12.2025