Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Telegram orqali sintetik narkotik sotish holati fosh etildi
Poytaxtda Telegram messenjeri orqali sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan bog‘liq holat aniqlanib, tezkor tadbir davomida bir nechta shaxslar qo‘lga olindi. Shuningdek, dorixonada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi fosh etildi.
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Uchtepa tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro 225 gr “Alfa PVP” sintetik narkotik moddasi bilan qo‘lga olindi.
So‘ngra uning 2005 yilda tug‘ilgan tanishi ham 2 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan ushlandi. Dastlabki so‘rovda mazkur dori vositasi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi dorixonalardan biridan sotib olingani ma’lum bo‘ldi.
Tezkor tadbir davomida ushbu dorixonaning norasmiy sotuvchisi 14 dona “Regapen” dori vositasini mijozga 1 mln 200 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, dorixonaning yordamchi omborxonasidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar saqlovchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Jumladan: 20200 dona “Gabaten”, 823 dona “Regapen”, 100 dona “Galara”, 4 dona “Torgabalin”.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
16:48 / 31.03.2026
Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari uydan ishlashga o‘tkazilishi mumkin
15:29 / 31.03.2026