Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari şahar Içki işlar boş boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda Uçtepa tumanida yaşovçi, 2000 yilda tuğilgan fuqaro 225 gr “Alfa PVP” sintetik narkotik moddasi bilan qölga olindi.
Söngra uning 2005 yilda tuğilgan tanişi ham 2 dona “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi bilan uşlandi. Dastlabki sörovda mazkur dori vositasi Mirzo Uluğbek tumanidagi dorixonalardan biridan sotib olingani ma’lum böldi.
Tezkor tadbir davomida uşbu dorixonaning norasmiy sotuvçisi 14 dona “Regapen” dori vositasini mijozga 1 mln 200 ming sömga sotgan vaqtida uşlandi. Şuningdek, dorixonaning yordamçi omborxonasidan tegişli hujjatlari bölmagan, tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar saqlovçi dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olindi. Jumladan: 20200 dona “Gabaten”, 823 dona “Regapen”, 100 dona “Galara”, 4 dona “Torgabalin”.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

















