Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi
Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda MChJ haydovchisi xorijda ishlab chiqarilgan 38 quti dori vositasini 188,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “P.P.” MChJ haydovchisi F.A. fuqaro A.X.ga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan turli nomdagi 38 quti dori vositalarini 188,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi — sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:58
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
16:48 / 31.03.2026