Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “P.P.” MChJ haydovchisi F.A. fuqaro A.X.ga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan turli nomdagi 38 quti dori vositalarini 188,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi — sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
















