O‘zbekiston | 11:01 / 02.02.2026
4722
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasida komplayens sohasiga mas’ul o‘rinbosar belgilandi

Soliq qo‘mitasida komplayens, korrupsiyaga qarshi kurash va ichki nazorat yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi rahbar lavozimiga tayinlov amalga oshirildi. Yangi o‘rinbosar sifatida Abdulaziz Soliyev ish boshladi.

Soliyev Abdulaziz Soli o‘g‘li Soliq qo‘mitasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. Ushbu yo‘nalish Soliq qo‘mitasi tizimida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish kabi vazifalarni qamrab oladi.

Tayinlovga qadar Abdulaziz Soliyev O‘zbekiston Hisob palatasi tizimida faoliyat yuritgan. Xususan, u Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Soliq qo‘mitasi rahbariyatidagi mazkur tayinlov sohada ochiqlik va tizimli nazoratni kuchaytirish, xizmat faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlar doirasida amalga oshirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid