Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markaziy ko‘chalarida 200 dan ortiq daraxtda kasallik belgilari aniqlandi
Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridagi daraxtlar holati yoz mavsumidan buyon obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish boshqarmasi hamda ekologiya mutaxassislari tomonidan tizimli ravishda o‘rganilmoqda. Tekshiruvlar davomida 200 dan ortiq daraxtda turli kasallik va zararlanish holatlari aniqlangan.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Ma’lum qilinishicha, o‘rganishlar natijasida kasallik va zararlanish belgilari kuzatilgan daraxtlarning aksariyati davolanib, saqlab qolingan.
Shu bilan birga, ayrim daraxtlar biologik jihatdan faol bo‘lishiga qaramay, avariya holatiga kelib qolgani hamda zararkunandalar ta’sirida keskin zaiflashgani aniqlangan.
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilar hamda atrofdagi sog‘lom daraxtlarga xavf tug‘dirmaslik maqsadida bunday daraxtlarni kesish zarurligi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
11:39 / 01.04.2026
Prezident yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
09:13 / 01.04.2026