Ma’lum qilinishicha, o‘rganishlar natijasida kasallik va zararlanish belgilari kuzatilgan daraxtlarning aksariyati davolanib, saqlab qolingan.
Shu bilan birga, ayrim daraxtlar biologik jihatdan faol bo‘lishiga qaramay, avariya holatiga kelib qolgani hamda zararkunandalar ta’sirida keskin zaiflashgani aniqlangan.
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilar hamda atrofdagi sog‘lom daraxtlarga xavf tug‘dirmaslik maqsadida bunday daraxtlarni kesish zarurligi ta’kidlanmoqda.











