Kun.uz: Oliy liga 7-tur markaziy uchrashuvida musobaqa jadvalining yuqori pog‘onasida borayotgan ikki jamoa uchrashdi. Qarshining "Nasaf" maydoniga safar qilgan "Lokomotiv" kichik 1:0 hisobidagi mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvdagi yagona golni 10-daqiqada Farruh Sayfiyev kiritdi. Bu g‘alaba musobaqa peshqadami bo‘lgan "Nasaf"ning "Lokomotiv"dan 4 ochko oldinlab ketishini ta'minladi. 7-turdan so‘ng qarshiliklarning hisobida 18 ochko mavjud.
Oliy liga, 7-tur "Nasaf" – "Lokomotiv" - 1:0 Gol: Farruh Sayfiyev (10) "Nasaf": Eldorbek Suyunov, Maqsud Karimov, Rok Roy, Hamza Karimov, Erkin Boydullayev, Bahrom Abdurahimov, Sherzod A'zamov, Farruh Sayfiyev, Artur Gevorkyan, Odiljon Hamrobekov, Ilhom Shomurodov. "Lokomotiv": Ma'mur Ikromov, Shavkat Mullajonov, Ruslan Koryan, Nemanya Yanichich, Salim Mustafoyev, Temur Kapadze, Ibrohim Rahimov, Ikrom Aliboyev, Oleg Zoteyev, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.