18:46 / 16.05.2015
17177

Shukr qilishga o‘rgatuvchi suratlar

XABARDOR.UZ: Kambag‘allarga yordam beruvchi CGAP konsult-markazi har yili fototanlov o‘tkazadi. Qatnashchilar foiz miqdori kam bo‘lgan mikromoliyalash tizimiga oid suratlarni yuborishlari kerak bo‘ladi. Moliyalashning bu turi tashkilotlar uchun, ishchilarning bankda hisob raqam ochishlariga, ularning kredit olishlari va sug‘urtadan o‘tishlariga katta imkoniyat yaratadi. Ushbu tanlovdan asosiy maqsad ham aslida shu — iqtisodiyotning ushbu yo‘nalishiga jamotchilik e'tiborini tortishdir.

CGAP guruhi Jahon banki yordamida mikromoliyalash tizimlarini takomillashtirish yo‘li bilan kambag‘al odamlarning turmush sharoitini yaxshilashga e'tibor qaratadi va turli mehnat agentliklari, jamg‘armalar va hukumatlar bilan harakat qilish bilan shug‘ullanadi. Yaqinda CGAP 2014 yilda bo‘lib o‘tgan fototanlov g‘oliblarini e'lon qildi.

Birinchi o‘rin

Ushbu baliqchi bir juft baklanni unga baliq topishga yordamlashishga o‘rgatdi. U shuningdek, mahalliy musobaqalar ham uyushtirib turadi.

Ikkinchi o‘rin

Bu keksa kishi Istambulning yopiq bozorlaridan birida singan gramafonni yamayapti. Buning uchun uning umri yetarli.

Uchinchi o‘rin

Mana bu ayol esa Tanzaniyada hosil yig‘im-terimida yordam berayapti. U ishlayotgan ferma tez-tez One Acre Fund fondiga homiylik qilib turadi. Bu fond fermerlarga malaka oshirishlariga yordam beradi va bu jarayonda ularni moddiy tomondan ta'minlab turadi.

Tomoshabinlar hurmatiga sazovor bo‘lganligi uchun sovg‘a

NKO mana bu erkakka qayiq sotib olishga yordam berdi. Endi u o‘z qayig‘ida Hindistondagi eng qashshoq shtati bo‘lmish Orissa bo‘ylab sayyohlarni aylantiradi.

Markaziy va G‘arbiy Afrika mintaqalari bo‘yicha g‘olib

Togolik bu yigitlar suvdan baliq to‘rini ko‘tarishmoqda. Ularga bir necha o‘n nafar kishi yordam berayapti. Bu safar baliqlar ko‘p emas, shu bois uning og‘irligi ham uncha yuqorimas.

Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha g‘olib

Ishchilar piyoz qop ko‘tarib, uni kemaga olib chiqishayapti. Bu qoplar Indoneziyadagi shahar Makassar tomon yo‘naladi.

Janubiy Osiyo mintaqasi bo‘yicha g‘olib

61 yoshli mana bu erkak 30 yildirki soatsozlik qiladi.

Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasi bo‘yicha g‘olib

Perulik mana bu erkak mamlakatdagi 200 ga yaqin odam istiqomat qiladigan aholi punktida yashaydi va g‘isht zavodida ishlaydi.

Sharqiy va Shimoliy Afrika mintaqalari bo‘yicha g‘olib

BAAda umumiy to‘r orqali baliq ovlashadi.

Maxsus sovg‘a

Mozambikdagi mana bu joyda maktab o‘quvchilariga kiyimlar tikib berishadi va boshqa buyurtmalar ham qabul qilib turishadi.

Maxsus sovg‘a

Vetnamlik mana bu ayol ingichka sopol ishlab chiqaruvchi va ularni maxsus pechda qizdiradigan joyda ishlab, tirikchilik qiladi.

Maxsus sovg‘a

G‘arbiy bengaliyalik mana bu erkakning tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi uncha katta bo‘lmagan fabrikasi bor.

Finalchi

Mana bu baliq Indoneziyadagi Tarakan shahrida sevib tanovul qilinadi. Uni ovlash shahardagi ko‘pchilik odamlarga pul olib keladi.

Finalchi

Vetnamlik mana bu oila guruch yetishtirib, kun ko‘radi.

Finalchi

80 yoshli filippinlik ayol yomg‘ir, quyosh va kuchli shamoldan himoya qiluvchi soyabonlar to‘qiydi.

Finalchi

Indoneziyalik erkaklar kemani qo‘lma-qo‘l qilishib pirsga olib kelishadi. Kemani bo‘laklarga ajratishadi, uning metallari qayta ishlashga jo‘natiladi.

Finalchi

Mana bu Vetnam ayollari o‘z mahsulotlarini sotish uchun har kuni cho‘l kezishga majbur bo‘lishadi.

Finalchi

Mana bu indoneziyalik esa bolg‘a va lom yordamida uncha katta bo‘lmagan shahardan ohaktosh kavlab oladi. Yig‘ilgan ohaktoshlardan uy qurishda foydalaniladi.

Finalchi

Bu vetnamlikning bir qo‘li bo‘lmasada u mehnat qilishdan qochmaydi. No‘xat yetishtiradi va shu orqali oilasini boqadi.

Finalchi

Bangladeshdagi minglab qashshoqlar plastmassa yig‘ish va ularni topshirish ortidan kun kechirishadi. Plastmassa bo‘laklari quritiladi va qayta ishlashga yuboriladi.

Finalchi

Mana bu erkak Tripurdagi (Hindiston) uncha katta bo‘lmagan qishloqda yashaydi. U o‘zga dalalarda yollanib ishlaydi, bundan tashqari o‘z tomorqasida ham hosil yetishtiradi. Suratda u ish jarayonida.

Finalchi

Bu erkak ohaktosh konida ishlaydi. Ulardan uylarning qurilish ishlarida foydalanishadi.

Finalchi

Ayol ishlayotgan bir vaqtda uning o‘g‘ilchasi zamonaviy texnologiya bilan yaqindan tanishmoqda.

Finalchi

Mana juftlik uzoq yillardan beri savat to‘qiydi va ularni bozorda sotadi.

Finalchi

To‘qimachilik hunari — Vetnamdagi tyampa xalqining ana'naviy mashg‘uloti sanaladi.

Finalchi

Ota va o‘g‘il pul topish maqsadida baliq tutishayapti. Vetnam.

Finalchi

Mana bu erkak uzoq yillardan buyon Bangladeshdagi fabrikalardan birida ishlab keladi. Yillar davomida uning maoshi ortib bordi, ammo shunga qaramay uning maoshi juda kam.

Finalchi

Hindistondagi mana bu g‘isht zavodi mahalliy bankning qo‘llab-quvvatlashi yordamida qad rostlagan. Zavod odamlarni ish o‘rni bilan ta'minlabgina qolmay, balki mamlakat taraqqiyotiga ham ulkan hissa qo‘shmoqda.

Finalchi

Indoneziyadagi mana bu oila kuniga 15 ta savat to‘qiydi.

Finalchi

Mikromoliyalash tizimi rivojlanayotgan mamlakatlardagi xotin-qizlarga katta yordam bermoqda.

Tadabbur qilaylik. Dunyoning turli puchmoqlarida yashovchi insonlar hayoti bizga o‘rnak bo‘lsin!

Top