09:57 / 17.05.2015
8949

Braziliyalik 51 yoshli ayol yigirma birinchi farzandini dunyoga keltirdi

Braziliya fuqarosi bo‘lgan ayol 51 yoshida o‘zining yigirma birinchi farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda G1 portali xabar bergan.
Shifokorlar uning bu qaroriga e'tiroz bildirishgan, ayolning homiladorlik davrida qon bosimi joyida bo‘lmagan. Lekin barcha xavotirlar yo‘qqa chiqdi va sog‘lom o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi.


Ayni vaqtda ona va bola o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda. Chaqaloqning vazni 3 kilogrammdan ko‘proq, bo‘yi esa 46,5 santimetrni tashkil etmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, bu ayol o‘zining birinchi farzandini 13 yoshida dunyoga keltirgan.

Top