11:19 / 27.05.2015
3909

"Chelsi" – APL g‘olibligi yo‘lida

Joze Mourino boshchiligidagi Londonning “Chelsi” klubi APLda muddatdan oldin chempionlikni hal qilib ko‘ygan edi. Shu bois “Sanderlend”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi natija “aristokratlar”ning chempionlik masalasiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmas edi.

 

Shunday bo‘lsa-da, portugaliyalik mutaxassis o‘z muxlislari qarshisida g‘alaba qozonish uchun kuchli tarkibni maydonga tushirdi.

 

Ushbu o‘yin “Chelsi”ning afsonaviy futbolchisi Dide Drogba uchun jamoa tarkibidagi so‘nggi uchrashuv bo‘ldi. Futbolchi o‘z faoliyatini AQSh chempionatida davom ettirishini ma'lum qildi.

 

O‘zining sevimli futbolchisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Chelsi” ishqibozlari turli bannerlar tayyorlab kelishgan edi. Ularda “O‘yinchilar keladi va ketadi. Afsonalar jamoa bilan oxirigacha” kabi yozuvlar bitilgan edi.

Mourino ham Drogba bilan iliq xayrlashdi.

Stadionga APL kubogi hamda futbolchilar uchun topshiriladigan medallar olib kelingan edi.

 

Jamoaning g‘olib bo‘lishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan belgiyalik futbolchi Eden Azar munosib ravishda APLning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi.

 

“Sanderlend” klubi “Chelsi” futbolchilarini odatga ko‘ra chempionlik yo‘lkasida kutib oldi.

 

Stadion futbol ishqibozlari bilan to‘lgan. Mezbon jamoa muxlislar “Chempionlar” so‘zi bitilgan klub bayroqlari bilan o‘z jamoasini qo‘llab turdi.

 

Uchrashuv 3:1 hisobida “Chelsi” foydasiga hal bo‘ldi. Dastlab hisobni mehmonlar ochdi. 26-daqiqada Fletcher Chex darvozasini ishg‘ol etib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

 

O‘yinning 30-daqiqasida maydondagi o‘z o‘rnini Diyego Kostaga bo‘shatib bergan Dide Drogbani jamoadoshlari ko‘tarib maydondan chiqarib qo‘yishdi.

 

 

Klub egasi Roman Abramovich ham Drogbani turib qarshiladi. 

 

Drogbaning o‘rniga maydonga tushgan Kosta biroz o‘tgach gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Qolgan ikki golga Remi mualliflik qildi.

 

Uchrashuvdan so‘ng futbolchilarga medallar topshirildi. Jamoa sardori Jon Terri APL kubogini boshi uzra ko‘tardi.

 

Bu jamoaning APLda beshinchi chempionligi bo‘ldi.

 

Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bu kubokni "Chelsi" bilan uchinchi marotaba qo‘lga kiritmoqda. Avvalroq, portugaliyalik mutaxissis 2004/2005 hamda 2005/2006 yilgi mavsumda  "aristokratlar" bilan g‘alaba qozongan. 

 

Taqdirlash marosimidan so‘ng jamoa a'zolari London ko‘chalari bo‘ylab avtobusda sayr qilib, g‘alabani muxlislar bilan birga nishonlashdi.

 

 

 

Futbolchilar selfi tushishga ham vaqt topishdi.

 

Muxlislar bilan ham selfi tushish yoddan ko‘tarilmadi. 

 

 

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda "Chelsi" APLda 38ta uchrashuv o‘tkazib, ularda 26ta g‘alaba 9ta durang hamda 3ta mag‘lubiyat natijasini ko‘rsatdi. Jamoa raqiblar darvozasiga 73ta gol kiritib, o‘z darvozasidan 32ta to‘p olib chiqqan. 

Top