15:42 / 09.06.2015
1690

Sharp kompaniyasi zararning bir qismini qoplash uchun shtat qisqartirishni amalga oshiradi

Sharp kompaniyasi joriy yilda jiddiy zarar ko‘rdi va hatto ko‘rsatilgan moliyaviy yordam, amalga oshirilgan ichki-chora tadbirlar, ishchilar maoshining qisqartilishi buning oqibatlarini bartaraf etish uchun kamlik qildi.

Kyodo News agentligining xabar qilishicha, 2016 yilning mart oyiga qadar davom etadigan joriy moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra kompaniya 180 mlrd iyena (1.45 mlrd dollar) sof buromad ko‘rishi taxmin qilinmoqda. O‘tgan moliyaviy yilda bu ko‘rsatkichlar 222 mlrd iyenaga (1.79 mlrd dollar) teng bo‘lgan edi. Shu tariqa, JK-displeylar ishlab chiqaruvchi kompaniya faoliyatining oxirgi besh moliyaviy yilidan to‘rttasi zarar bilan yakunlanadi.

Ma'lum qilinishicha, 2015 yil avgustidan 2016 yil martiga qadar bo‘lgan davrda xodimlarning okladlari 1-2 foizga tushiriladi. Rahbar kadrlarning maoshlari 5 foizga kamaytiriladi. Bundan tashqari, kompaniya qishki bonuslar, komandirovka to‘lovlari va ko‘p oilalilarga beriladigan yordamni qisqartiradi. Ushbu chora-tadbirlar yordamida vendor bir yil davomida 3 mlrd iyena (24.2 mln dollar) tejab qolmoqchi.

May oyida Sharp xodimlar soni 10 foizga qisqartirilishini ma'lum qildi. Jami 5 ming kishi ishdan bo‘shatiladi, ulardan 3.5 ming nafari Yaponiya hududida ishlab kelmoqda. Xizmatchilardan ayrimlari pensiyaga muddatdan oldin chiqish dasturiga kiritiladi. Bu dastur 45-59 yoshdagi insonlarga tegishli.

Top