20:29 / 14.06.2015
2094

Braziliya, Senegal, Mali va Serbiya yoshlar terma jamoalari jahon chempionatining yarimfinaliga chiqdilar

Braziliya, Senegal, Mali va Serbiya yoshlar terma jamoalari (20 yoshdan katta bo‘lmagan yoshlar) Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar jahon chempionatining yarimfinal bosqichiga chiqdilar.
Braziliyaliklar nimchorak finalda Portugaliyani penaltilar seriyasi bo‘yicha 3:1 hisobida mag‘lub etdilar. Braziliyaliklar bilan yarimfinalda O‘zbekiston termasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan Senegal terma jamoasi uchrashadi.
Germaniya ustidan penaltilar seriyasi bo‘yicha 4:3 hisobida g‘alaba qozongan Mali terma jamoasi ikkinchi yarimfinal uchrashuvida AQShni penaltilar seriyasi bo‘yicha 6:5 hisobida mag‘lub etgan Serbiya bilan bellashadi.
Yarimfinal uchrashuvlari 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Top