10:59 / 15.06.2015
1423

"Manchester Citi" Sterlingni 40 mln funt evaziga sotib olishiga ishonmoqda

"Manchester Siti" "Liverpul" jamoasining chap qanot hujumchisi Rahim Sterlingni xarid qilish imkoniyatlari yaxshi baholanmoqda.

"Shaharliklar" rahbariyati Angliya terma jamoasining bu futbolchisi "Liverpul"dan ketishni istayotganidan unumli foydalanib qolmoqchi. Daily Mail nashrida yozilishicha, jamoa bu futbolchini ko‘pi bilan 40 mln funt evaziga o‘ziniki qilishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, Sterlingga talabgor bo‘lgan "Real" va "Bavariya" u uchun 30 mln funtdan ortiq to‘lay olmasligini ma'lum qilgan.

"Liverpul" esa Sterlingni yozgi transferlarda sotmasa, uning transfer narxi pastlashda davom etadi.

Biroz oldinroq, "Liverpul" "Manchester Siti"ning bu futbolchi uchun bergan 41,3 mln funtlik taklifini rad etgan hamda uni 69 mln funtdan kamiga sotmoqchi emasligini ma'lum qilgandi.

Top