11:31 / 15.06.2015
1443

"Manchester Yunayted" Otamendi uchun 35 mln yevro taklif qilmoqchi

"Manchester Yunayted" jamoasi "Valensiya"ning argentinalik himoyachisi Nikolas Otamendini xarid qilishni mo‘ljallamoqda.

El Mercantil Valenciano nashrida ma'lum qilinishicha, mankunianlar 27 yoshli bu futbolchi uchun 35 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda.

Biroz oldinroq, "MYu" rahbariyati bu futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Top