12:07 / 16.06.2015
1526

"Chelsi" Sterling uchun 50 mln funt to‘lay olmasligini ma'lum qildi

"Chelsi" jamoasi Rahim Sterlingning transfer huquqini sotib olishni istayotganini, lekin u uchun 50 mln funt to‘lashga tayyor emasligini ma'lum qildi.

Sky Sports nashri ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar ushbu yosh xavbekning xizmatlariga jiddiy qiziqishmoqda, lekin "Liverpul" so‘rayotgan 50 mln funt mablag‘ ko‘proq deb hisoblanmoqda.

Xabarda aytilishicha, "Chelsi" yaqinda o‘z jamoasi bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortgan Sterlingni qo‘lga kiritishdan umid uzmagan.

Biroz oldinroq, "Liverpul" bu futbolchisi uchun "Manchester Siti" tomonidan taklif qilingan 41,3 mln funtga rozi bo‘lmagandi.

Top