15:39 / 16.06.2015
3485

Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya ayollar terma jamoasi sardori erkak bo‘lib chiqishi mumkin

Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya ayollar terma jamoasi sardori Pak Yun Son erkak bo‘lib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashrida yozilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Pak Yun Son bo‘yicha bunday shubhalar endigina paydo bo‘lmadi. 2013 yilda Koreyadagi 6ta jamoa uning gender testidan o‘tkazilishini talab qilib chiqqandi.

Undan oldinroq esa, Pak 2004 yilda Afina olimpiadasida ishtirok etish uchun shunday test topshirgandi.

Qayd etish joizki, ispan nashrlari bu masalani Ispaniya ayollar termasining Janubiya Koreya bilan bahsi arafasida muhokama qila boshlashdi.

Top