15:21 / 16.06.2015
4989

O‘zbekiston terma jamoasi safarda KXDRga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi

16 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash uchrashuvi doirasida Shimoliy Koreya termasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bu o‘yin tegishli sabablarga ko‘ra, efirga uzatilmadi va ba'zi tafsilotlar UFFning rasmiy tvitter akkaunti orqali ma'lum qilib borildi.

Ma'lum qilinishicha, o‘yin 50 ming tomoshabinni o‘zida sig‘dira oladigan "Kim Il Sung" o‘yingohida o‘z vaqtida, Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlangan. Pxenyanda havo harorati 29 darajani tashkil etgan.

Keyingi xabarlarda o‘yinning birinchi taymida o‘zbekistonliklar o‘z darvozasidan 4ta gol o‘tkazib yuborgani aytiladi.

Ikkinchi taym vaqtida esa, birinchi taymning 36-daqiqasigacha hisob 4:0 ko‘rinishiga kelgani, uchinchi goldan keyin, terma jamoaga endi jalb qilingan Ikrom Aliboyev almashtirib tashlangani aytilgan.

O‘yin tugagan vaqtda esa, yakuniy natija 4:2 bo‘lgani, ikkinchi taym vaqtida Igor Sergeyev hamda Sardor Rashidov 53 va 79 daqiqalarda hisobni qisqartiruvchi gollarga mualliflik qilishgani ayon bo‘ldi.

Qayd etish joizki, o‘yinning 82 daqiqasida Aziz Haydarov qizil kartochka olib, maydonni tark etgan.

JCh-2018 saralash. 2-bosqich, "N" guruhi

KXDR - O‘ZBeKISTON - 4:2.
Gollar: Pak Ryon (4), Jan Chol (16), Ro Su (34), Ri Xyok Chol (36) — Igor Sergeyev (53), Sardor Rashidov (79)
Ogohlantirishlar: Azizbek Haydarov (44)
Chetlatish: Azizbek Haydarov (82) 
KXDR: 1.Ri Myong Guk (S), 3.Jang Kuk Chol, 6.Kang Kuk Chol., 7.Ri Xyok Chol, 9.Pak Kvang Ryong, 13.Sim Xyon Jin, 15.Ri Yong Chol, 16.Ro Xak Su, 17.So Xyon Uk, 22.Ri Yong Jik, 23.Ri Chol Myong.

Zaxira: 21.An Te Song, 2.Kim S.G., 4.Ri Sang Chol, 5.Xan Song Xyok, 8.Kim Y.G., 10.An Byong Jun, 11.Jong Il Gvan, 12.Jon Kvang Ik, 14.So Kyong Jin, 18.Ri Kvang Il, 19.Xong Kum Song, 20.Jang S.X.

O‘zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.Shavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Aziz Haydarov, 8.Ikrom Aliboyev (Bahodir Nasimov 34), 9.Odil Ahmedov, 11.Igor Sergeyev, 14.Shuhrat Muhammadiyev, 15.Sardor Rashidov, 17.Sanjar Tursunov, 19.Vitaliy Denisov

Zaxira: 1.Eldor Suyunov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Yegor Krimets, 6.Bahodir Nasimov, 10.Jasur Hasanov, 13.Lutfulla To‘rayev, 16.Sanjar Shoahmedov, 18.Fozil Musayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Akbar To‘rayev, 22.Shohrux Gadoyev, 23.Farrux Sayfiyev
Bosh hakam: Mohd Amirul Izvan bin Yoqub (Malayziya)


Top