14:35 / 16.06.2015
5510

Shimoliy Koreya - O‘zbekiston. LIVE

O‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Yakuniy hisob 4:2. 

Uchrashuvning 89-daqiqasi boshlandi. Ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yubormagan yigitlarimizga rahmat!

Sardor Rashidov 79-daqiqada raqiblar darvozasiga jamoamizning ikkinchi golini kiritdi. 

JCh-2018ga saralash bahsi doirasidagi KXDR hamda O‘zbekiston uchrashuvi davom etmoqda. Uchrashuvning 75 daqiqasi ortda qoldi.

53-daqiqada Sergeyev hisobni qisqartirdi. Hozircha 4:1. 

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Shuhrat Muhammadiyev, Shavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Sardor Rashidov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Ikrom Aliboyev, Igor Sergeyev.

Kecha Mirjalol Qosimov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mirjalol Qosimov: Biz Shimoliy Koreyaga faqat g‘alaba uchun keldik. Raqib anoyilardan emas. Ular tartibli va yaxshi uyushgan jamoa. Bizga oson bo‘lmasligi aniq. Ammo biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Umid qilamanki Toshkentga uch ochko bilan qaytish nasib etadi.

O‘yin oldi ma'lumotlari:
Bugun o‘yin bo‘lib o‘tadigan "Kim Il Sun" maydoni sun'iy qoplamadan iborat. O‘yingohga jami 50 ming muxlis sig‘adi. Bugungi o‘yinda stadion to‘lishi kutilmoqda. Ayni vaqtda Pxenyanda havo harorati 29 darajani tashkil etadi.

O‘FF tvitteri tomonidan xabar qilinishicha, stadionda faqat matbuot anjumanlari zalida internet mavjud bo‘lib, bu yerdan o‘yinni kuzatishning imkoniyati yo‘q. Tribunadagi matbuot uchun ajratilgan joyda esa internet yo‘q. Shu sababli uchrashuvdan onlayn translyatsiya qilishning imkoniyati yo‘q. Faqat birinchi bo‘lim oxiri va uchrashuvdan so‘ng tafsilotlar ma'lum qilinishi mumkin.

Top