17:58 / 16.06.2015
1768

Vitaliy Mutko RFI prezidentligi uchun o‘zini saylashlari ehtimoli yuqoriligini ta'kidladi

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Rossiya futbol Ittifoqi (RFI) prezidentligi uchun saylovlarda o‘zining nomzodi ilgari surilishi ehtimoli yuqoriligini qayd etdi, deb yozadi TASS.

«Oldinga qarab yugurib ketmoqchi emasman, ammo bu katta ehtimol», deya o‘zining RFI prezidenti bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi vazir.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, RFI prezidenti sifatida ishlab kelgan Nikolay Tolstix 31 may kuni muddatidan oldin o‘z lavozimidan chetlatilgandi. Yangi rahbar uchun saylovlar sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Uning aniq muddati qachon bo‘lishi 2 iyun kuni Ijroqo‘m yig‘ilishida aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Mutko bunga qadar 2005-2009 yillarda RFI prezidenti sifatida faoliyat olib borgandi.

Top