17:00 / 16.06.2015
1396

"Yuventus" Vittsel uchun kurashda faollashmoqda

"Yuventus" jamoasi "Zenit"ning belgiyalik futbolchisi Aksel Vittsel uchun kurashda jiddiy qadamlar tashlamoqda.

"Ko‘hna sinoralar" rahbariyati ushbu futbolchining vakillari bilan muzokaralarda ijobiy o‘zgarishlarga erishayotgani xabar qilindi.

La Gazzetta dello Sport nashrida yozilishicha, "Yuventus" 26 yoshli ushbu futbolchi uchun davogar bo‘lgan "Chelsi", "MYu" va "Milan" kabi jamoalar orasida yetakchilik qilmoqda.

Top