18:31 / 17.06.2015
3158

Portugaliyaliklar Italiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida Ronaldu qatnashmagani uchun jarima to‘laydi

Portugaliya futbol federatsiyasi 16 iyun kuni Jyenevada Italiya bilan o‘tkazilgan (1:0) o‘yinda Krishtianu Ronaldu ishtirok etmagani uchun italiyaliklarga 380 ming yevro miqdorida jarima to‘laydi.
 
Portugaliyaliklarning bosh murabbiyi Fernandu Santushning ma'lum qilishicha, Ronaldu bundan oldinroq Armanistonga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda kichik jarohat olgan.
 
Ma'lum qilinishicha, Italiya va Portugaliya futbol federatsiyalari o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, bu o‘yinda Ronalduning ishtirok etishi bo‘yicha band bo‘lgan.
 
Shu shart bajarilmagani uchun, portugaliyaliklar 380 ming yevro to‘lashiga to‘g‘ri kelmoqda, deb xabar beradi El Mundo Deportivo nashri.
 
Top