21:20 / 17.06.2015
2816

Yorqin yosh galaktikaga Krishtianu Ronaldu nomi berildi

Nueva de Lissabon universiteti xodimi Devid Sobral qo‘l ostidagi olimlar xalqaro jamoasi yangi galaktikani kashf qilib, unga futbolchi Krishtianu Ronaldu sharafiga CR7 nomini berishdi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Astrofiziklarning ta'kidlashicha, aniqlangan galaktika yosh yulduzlar tizimida insoniyat tomonidan topilgan eng yorqin galaktika hisoblanmoqda. U Koinotning yoshi 800 mln yil bo‘lganda shakllangan va bunday yoshdagi istalgan yulduzlar to‘dasidan uch marotaba yorqinroqdir.

Galaktika ko‘rinadigan diapozonning o‘zidayoq Quyoshdan trillion marotaba yorqinroq nur taratishini ko‘rish mumkin.

Astronomlarning ta'kidlashlaricha, CR7 tipidagi yosh galaktikalar vodorod va geliydan tashkil topgan ulkan o‘lchamlardagi yulduzlardan iborat bo‘ladilar. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, bunday quyoshlar qisqa vaqt davomida mavjud bo‘lgan bo‘lishi kerak, shuning uchun astronomlar ularni hozirgi paytda ko‘rolmasdilar.

Top