10:48 / 18.06.2015
1446

Alessandro Del Pero murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

Italiyalik sobiq futbolchi Alessandro Del Pero murabbiylik faoliyatini boshlash niyati haqida ma'lum qildi.

"Agarda meni murabbiylik qilishga ko‘ndira oladigan loyiha topilsa, futbolchilik faoliyatimni yakunlayman. Menga Yevropaning bir qator klublaridan taklif tushdi, ammo bu takliflar yoqmadi.

Agarda uch yil muqaddam murabbiylik ishi haqida so‘raganingizda, aniqki "yo‘q", deb javob bergan bo‘lardim. Chunki u vaqtlarda boshqa qiziqishlarim bor edi. Ammo endi vaziyat o‘zgargan. Menimcha AQShda bolalar murabbiyi bo‘lib ishlasam kerak", - deydi Del Pero.

Top