10:58 / 18.06.2015
1402

"Liverpul" Sterlingning narxi 50 mln funtligini ma'lum qildi

"Liverpul" o‘zining asosiy vingeri Rahim Sterlingni sotishga tayyorligini ma'lum qildi.

Mersisaydliklar rahbariyati Angliya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu yosh futbolchi uchun 50 mln funtlik narx belgilagan.

Biroz oldinroq, "Liverpul" bu o‘yinchi uchun "Manchester Siti" tomonidan taklif qilingan 40 mln funtni rad qilgandi.

"Shaharliklar" bu boradagi muzokaralarni davom ettirmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erisha olishsa, Sterling "Manchester Siti" tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylanadi.

Top