10:58 / 18.06.2015
2268

Namanganda yoshlar tomonidan yangi spektakl namoyish etildi

“Namangan yoshlar markazi” va Namangan san'at kolleji hamkorligida birinchi marotaba yoshlar ishtirokida turli zararli illatlarga qarshi kurashishni targ‘ib etuvchi “Odnoklassnikidagi aldov” nomli spektakl namoyish etildi.

Mazkur asarning asosiy mazmun-mohiyati ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi do‘stlar bilan tanishib, or-nomusini unutgan yigit gavdalantirilgan. Voqealar rivoji shuni ko‘rsatadiki, hatto u o‘z singlisini sotib yuborishdan ham tolmaydi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur namoyish bugun keng jamoatchilik, xususan faol yoshlar va o‘qituvchilar ishtirokida namoyish etildi. Yaqin kunlarda spektaklni Namangan viloyati bo‘ylab namoyish etish rejalashtirilgan.

Top