12:34 / 18.06.2015
1425

"Napoli" prezidenti jamoani asosan italiyalik futbolchilardan iborat holda qayta tuzmoqchi

"Napoli" jamoasi prezidenti Aurelio De Laurentis tez orada jamoada katta islohotlar o‘tkazish niyatida ekanini ma'lum qildi.

U jamoadagi legionerlar o‘rniga italiyalik futbolchilarni olib kelmoqchi.

"Men jamoaga italyancha futbol g‘oyalarini qaytarmoqchiman. Bu haqda jamoadagi legionerlar Yevropa Ligasida ishtirok etishni istamayotgani haqida eshitganimdan keyin jiddiyroq o‘ylay boshladim.
Bu barcha ishni qaytadan boshlashimiz kerakligini anglatadi", deydi De Laurentis.

Top