06:46 / 19.06.2015
1247

"Atletiko" Chicharito bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

"Atletiko” klubi “Manchester Yunayted”ning meksikalik hujumchisi Xaver Ernandesning transferi borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.

Meksikalik futbolchining o‘zi bir mavsum “Real”da to‘p surganidan keyin Manchesterga qaytishni istamayapti. U Madridda qolishni afzal ko‘rishini bildirgan.

Avvalroq, “Real” Ernandesning transfer huquqini sotib olishdan voz kechgani haqida xabar qilingandi.

Top