21:46 / 19.06.2015
3270

UZMOBILE kompaniyasi GSM uyushmasining to‘laqonli a'zosiga aylandi

O‘zbekistonning “O‘zbektelekom” mobil aloqa milliy operatori filiali UZMOBILE AJ GSM uyushmasi – GSM standartidagi uyali aloqa operatorlari xalqaro tashkilotining to‘laqonli a'zosiga aylandi.

Bu UZMOBILE GSM tarmog‘i o‘z mijozlariga yaqin kelajakda ushbu uyushma a'zolari bilan dunyoning istalgan nuqtasida xalqaro avtomatik rouming xizmatidan foydalanish imkonini beradi.

GSM uyushmasi – GSM standartidagi uyali aloqa operatorlari xalqaro tashkiloti bo‘lib, 220 ta davlatning 800 dan ko‘proq GSM operatorlarini birlashtiradi. Uyushmaga a'zo operatorlar dunyodagi butun mobil aloqa foydalanuvchilarining 82 foizdan ko‘prog‘iga xizmat ko‘rsatadi.

Top