11:13 / 20.06.2015
2711

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining final uchrashuvi boshlandi

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining final uchrashuvi boshlandi.
Birinchi o‘rin uchun Braziliya va Serbiya yoshlar terma jamoalari o‘zaro bahsga kirishadi. Ushbu bosqichga yetib kelish yo‘lida yarim finalda Serbiya qo‘shimcha vaqtda Mali ustidan g‘alaba qozondi, Braziliya yoshlari esa senegallik tengdoshlarini mag‘lub etdi.
O‘z navbatida, bugun North Harbour Stadium’da o‘tkazilgan bahsda Mali Senegal ustidan g‘alaba qozonib (3:1), bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

Top