11:31 / 20.06.2015
1921

Maksim Shatskix: «Futbolni tugatmoqchi emasman»

Ujgorodning «Goverla» klubi hujumchisi Maksim Shatskix kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Maksim, «Goverla»ning moliyaviy holati haqidagi xabarlar Ukrainada eng ommabop xabarlar sirasiga kiradi?

— Hozirgina Ukrainaga keldim (suhbat chorshanba kuni tunda bo‘lgan). Endi rahbariyatga qo‘ng‘iroq qilib vaziyatni bilishga urinaman. Bilishimcha Vyacheslav Grozniy hozircha bu yerda emas. Yigitlar bilan gaplashdim, ularning aytishicha hamon sukunat ekan...

— Kiyevning «Dinamo» klubi prezidenti Igor Surkisdan klubga murabbiy sifatida ishga olishini so‘rab murojaat qilishim mumkin degandingiz. Shu borada suhbat bo‘lmadimi?

— Yo‘q. Hali futbolchi sifatida o‘ynashni davom ettirmoqchiman. Murabbiylik faoliyatiga hali bor? Balki, bu kelajakda bo‘lar. Hozircha bu haqda gapirishning vaqti eams. Hozircha futbolchiman, futboldan ketmoqchi emasman, bu — 100 foiz aniq. Murabbiy bo‘lishga shoshilmayapman.

«Ukrainskiy futbol» gazetasi / Matn: championat.asia 

Top