12:03 / 20.06.2015
3273

Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti O‘zbekiston tennisi haqida fikr bildirdi

Bir muddat oldin O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti Franchesko Richchi-Bitti respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida bo‘ldi. U maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqib, yosh tennischilar bilan muloqot qildi.
Maktab matbuot markazida uyushtirilgan matbuot anjumani chog‘ida Richchi-Bitti O‘zbekistonning tennis masalasida dunyoning ko‘pgina davlatlariga uchun o‘rnak bo‘la olishini ta'kidlab o‘tdi.
“Menimcha, jahon arenalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar O‘zbekistonda tennisni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tiborning natijasidir”, – uning so‘zlarini keltiradi Jahon axborot agentligi.
Shuningdek, u O‘zbekiston tennis federatsiyasi bilan samarador hamkorlikning davom etishiga umid bildirdi.

Top