21:19 / 22.06.2015
3096

As: Kasilyas, Ramos hamda Ronaldu jamoa prezidentidan norozi

“Real Madrid” jamoasining uch nafar futbolchisi klub prezidenti Florentino Peresning boshqaruv uslubidan norozi bo‘lishmoqda.

Jamoa sardori Iker Kasilyas Peresdan jamoaga bir necha bor Buffonni taklif etmoqchi bo‘lgani, shuningdek, jamoa sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar vaqtida o‘zini qo‘llab-quvvatlamaganidan norozi bo‘lsa, klub himoyachisi hamda ikkinchi sardori Serxio Ramosning prezident bilan munosabati shartnomani uzaytirishdagi muammolar sabab yomonlashgan.

Shuningdek, jamoa to‘purari Krishtianu Ronaldu ham “Atletiko Madrid”ga qarshi kechgan uchrashuvdan (0:4) so‘ng Peres uni qo‘llab-quvvatlamagan deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, Portugaliya terma jamoasi sardori jamoaning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘z lavozimida qolishini istagani va klub uning fikrini inobatga olmaganidan norozi bo‘lmoqda. 

Top